Current Issue
“Sog‘liqni saqlashda yangi yondashuvlar” nomli respublika ilmiy-amaliy masofaviy konferensiyasi tibbiyot va sog‘liqni saqlash tizimida zamonaviy yondashuvlar, innovatsion davolash usullari, diagnostika texnologiyalari hamda profilaktika yo‘nalishidagi ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Konferensiya materiallari tegishli soha mutaxassislari tomonidan ko‘rib chiqilgan original ilmiy maqolalar va tezislardan iborat bo‘lib, unda professor-o‘qituvchilar, shifokorlar, doktorantlar, magistrantlar, iqtidorli talabalar hamda mustaqil tadqiqotchilar ishtirok etishlari mumkin. Konferensiya har oyda bir marotaba tashkil etilib, barcha ishtirokchilarga sertifikat, maqola PDF varianti, DOI raqami hamda konferensiya to‘plami taqdim etiladi.